Turkiston viloyatida uch egizak dunyoga keldi
Turkistonlik Aripbayevlar oilasida birdaniga uch farzand tug‘ildi. 27 yoshli Roza Aripbayeva birinchi o‘g‘lidan keyin 2 o‘g‘il va 1 qizni dunyoga keltirdi.
Bir necha kun davomida shifokor nazoratida bo‘lgan chaqaloqlar va ularning onasi bugun uyga chiqarildi.
Uch egizaklar muddatidan oldin, ya’ni homiladorlikning 33-haftasida tug‘ilgan. Ulardan birining vazni 2 kilogramm 245 gramm, ikkinchisining vazni 1 kilogramm 785, uchinchisi esa 1 kilogramm 805 grammni tashkil etgan. Uch egizaklarga Omar, Usman, Raziya deb ism berishdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, dastlab chaqaloqlar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiston viloyati tug‘ilish darajasi bo‘yicha Qozog‘istonda birinchi o‘rinda turadigan mintaqa hisoblanadi. Shu hududda 6 oy ichida 25 045 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yil boshidan buyon uch egizaklar soni 7 taga yetdi. Bu davrda dunyoga 311 egizak chaqaloq tug‘ildi.