Tungi klublar ochilmoqda. Faqat bir cheklanish bilan...

Tungi klublar ochilmoqda. Faqat bir cheklanish bilan...

Ispaniyaning ba’zi hududlarida karantin choralari yumshatilgandan so‘ng tungi klublar va barlar qayta ochilmoqda, ammo bu safar rasqga tushish mumkin emas.

Bu haqda rasmiy hukumat gazetasida e’lon qilingan farmonda aytildi.

Ta’kidlanishicha, 8 iyundan mamlakatning aksariyat qismida koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlarni yengillashtirishning so‘nggi bosqichi boshlanadi.

Qayd etilishicha, diskotekalar va tungi barlar ochilishi mumkin, ammo muassasalar egalari tashrif buyuruvchilarning maksimal sonini cheklashlari kerak. Shuningdek, raqs maydonchalaridan raqsga tushish uchun emas, balki u yerga ham stollar qo‘ygan holda ijtimoiy masofani saqlashga rioya qilish zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!