To‘lqin Qilichev: «Har bir medal olgan sportchiga qo‘ng‘iroq qilinganda, keyingi sportchilar shu daraja motivasiya oldi...»

To‘lqin Qilichev: «Har bir medal olgan sportchiga qo‘ng‘iroq qilinganda, keyingi sportchilar shu daraja motivasiya oldi...»

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ham kutib olish marosimida so‘zga chiqib, tarixiy natija haqida fikrini bildirdi.

«Birorta prezident Olimpiada davomida sovrin yutgan har bir sportchiga alohida qo‘ng‘iroq qilib, tabriklamagan. Har bir medal olgan sportchiga qo‘ng‘iroq qilinganda, keyingi sportchilar shu daraja motivasiya oldiki, keyingi medallarni yutishdi. Bunga o‘zim guvoh bo‘ldim. Shu bois prezidentimizga minnatdorligimni bildiraman. O‘zbekiston farzandi ekanim, o‘zbek ekanimdan faxrlanaman.

Sportimizda fidoyilar ko‘p, bundan ham faxrlanaman. Shuningdek, mening haqimga duo qilgan xalqimizga ham rahmatlar aytaman», - deydi To‘lqin Qilichev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!