Trampning o‘g‘li Obamani “eng yaxshi sotuvchi” deb atadi

Trampning o‘g‘li Obamani “eng yaxshi sotuvchi” deb atadi

Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Barak Obama Amerikaning "eng yaxshi sotuvchisi" edi, deydi amerikalik rahbar Donald Trampning o‘g‘li. "Albatta, u (Obama) bizning eng yaxshi sotuvchimiz", deydi kichik Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha "aqlli" odamlar avvalgi AQSh prezidentining AQSh iqtisodi va tashqi siyosati uchun hech qanday arzirli ish qilmaganini yaxshi tushunishadi. U Obamaning barcha harakatlarini AQShni xavf ostiga qo‘yib, mamlakatni zaiflashtirganini ta’kidladi.

"Har safar Obama “qizil chiziq" tortganida, boshqa davlatlar uni jimgina kesib o‘tganlar", deydi prezidentning o‘g‘li. "Endi shaharda yangi sherif bor. Biz hamma narsani o‘zgartirdik",  deb qo‘shimcha qildi u.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!