Trampning ikki maslahatchisi unga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi

Trampning ikki maslahatchisi unga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning ikki maslahatchisi unga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Rejaga ko‘ra, prezidentlikka saylangan Tramp Ukraina muzokaralarda qatnashishdan bosh tortsa, unga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkin. Shu bilan birga, Moskva muzokaralardan bosh tortish Kiyevni qo‘llab-quvvatlash kuchayishiga olib kelishi haqida ogohlantiriladi.

❕ Amerika Birinchi Siyosat Instituti tomonidan e’lon qilingan rejaning asosiy elementlari tinchlik muzokaralari davomida mavjud aloqa liniyalari asosida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiradi. Kellog va Fleyts, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya va Ukrainani tezda muzokara stoliga o‘tkazish juda muhim ekanini ta’kidlamoqda.

🛡 Ularning taklifiga ko‘ra, Moskvani muzokara stoliga o‘tirishga majburlash uchun Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish va’dasi kechiktirilishi mumkin. Fleytsning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina o‘z rejasiga ko‘ra Rossiyaga rasman o‘z hududini berishi shart emas, garchi yaqin vaqt ichida butun hudud ustidan to‘liq nazoratni tiklashi dargumon.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!