Trampga Makronning Bayden haqidagi gaplari yoqmadi

Trampga Makronning Bayden haqidagi gaplari yoqmadi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Bayden haqidagi maqtovli mulohazalari yoqmadi, deb yozadi Fransiyaning Le Figaro gazetasi yakshanba kuni.

Makron shu hafta boshida Bayden bilan muzokaralar chog‘ida: "Bizning oramizda hamkorlik qilishni judaistagan AQSh prezidenti borligi yaxshi", dedi.

"Siz yetakchilik fazilatlaringizni namoyish qildingiz. Oramizda sheriklik bor", - deya qo‘shimcha qildi Makron Baydenga ishora qilib.

Le Figaro nashrining yozishicha, Trampga bunday so‘zlar yoqmagan.

Trampning fikriga ko‘ra, Bayden Yevropa uchun o‘ziga qaraganda shunchaki qulayroq suhbatdosh. "Agar men ushbu mamlakatlarning yetakchisi bo‘lganimda, men ham Tramp bilan emas, Bayden bilan muomala qilishniafzal ko‘rardim", dedi Tramp.

Uning fikriga ko‘ra, "albatta, ularning barchasi Baydenga yoqadi, chunki endi ular o‘zlarining eski firibgarlik amaliyotlariga qaytishlari mumkin".

Trampning fikriga ko‘ra, Bayden davrida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari "o‘zlarini AQSh hisobiga boyitadilar. Ular avval hammasi o‘zgargunga (Tramp davrida - tahr.) qadar shunday qilishgan".

Bayden hozirda Buyuk Britaniyada bo‘lib, u yerda G7 sammiti yakshanba kuni yakunlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!