Tramp: "Xitoy savdo kelishuviga tayyor emas"

Tramp: "Xitoy savdo kelishuviga tayyor emas"

AQSh prezidenti Donald Tramp agarda Xitoy AQSh sanksiyalariga qarshi javob qaytaradigan bo‘lsa, qiymati 267 mlrd AQSh dollariga teng qo‘shimcha boj tariflarini belgilash bilan tahdid qildi. Bu haqda "Reuters"ga tayanib, Turon24 xabar beradi.

"Xitoy AQSh bilan kelishuvga erishmoqchi, lekin ular hali savdo kelishuviga tayyor emas. Shu sababdan biz bir nechta uchrashuvlarni bekor qildik", – deydi Tramp.

Donald Tramp xitoy tovarlariga 10 foiz hajmida qiymati 200 mlrd AQSh dollariga teng boj tariflarini belgilagandi. Xitoy ham ushbu holatga qarshi javob choralarini ko‘rgan.

Umumiy hisobda AQSh xitoy tovarlariga qiymati 500 mlrd AQSh dollariga teng boj tariflarini belgilashi mumkin. Bu deyarli Xitoyning o‘tgan yilgi AQSh ga eksport hajmi miqdoriga teng.

15 oktyabrdan Xitoy majburiy rezervni 1 foizga kamaytiradi. Bu o‘z navbatida banklarning kam foizda kredit berishlariga imkon yaratadi va mamlakatda investisiya va iqtisodiyotning o‘sishishini ta’minlaydi.

Noyabr oyidan Xitoy hukumati AQSh dan tashqari boshqa mamlakatlarning 1585 nomli mahsulot importi uchun boj tarifini kamaytiradi. Boj tariflarining kamayishi kompaniya va iste’molchilar uchun soliq to‘lovlarining 8,7 mlrd AQSh dollariga kamayishiga xizmat qiladi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!