Tramp: "Xitoy prezidenti bilan gaplashishni istamayman. "Lazzat" yo‘qoldi"

Tramp: "Xitoy prezidenti bilan gaplashishni istamayman. "Lazzat" yo‘qoldi"

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSH-Xitoy savdo bitimi "lazzati"ni yo‘qotganini aytdi.

TASS xabariga ko‘ra, Tramp Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan gaplashishni istamasligini aytdi. Amerika yetakchisi XXR savdo bitimi doirasida ko‘p mablag‘ sarflayotganini, ammo endi bu bitim avvalgidek ahamiyatli emasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, undan Xitoy tovarlariga qo‘yilgan bir qator bojxona to‘lovlarini qaytarishga tayyormisiz, deb so‘ralgan. Bunga javoban Tramp hozir bu haqda gapirishga tayyor emasligini aytdi. "Aytishim mumkinki, Xitoy bizning ko‘plab tovarlarimizni sotib oladi", dedi Tramp. Shuningdek, u Xitoy mamlakatda koronavirus tarqalishi haqida kech xabar berganini eslab, "Biz xursand emasmiz", dedi.

Avvalroq, Tramp Xitoy bilan savdo bitimining birinchi bosqichi shartlarini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi.

Savdo bitimining birinchi bosqichi shartlariga ko‘ra, yaqin ikki yil ichida Pekin 200 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlarni sotib olishi kutilmoqda, Vashington esa Xitoy mahsulotlariga tariflarni bosqichma-bosqich pasaytiradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!