Tramp Floridada AQSh sobiq prezidenti idorasini ochdi

Tramp Floridada AQSh sobiq prezidenti idorasini ochdi

Donald Tramp Florida shtatida (Palm-Bich okrugi) AQSh sobiq prezidenti sifatida faoliyatini boshqaradigan idora ochdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Sobiq prezident ofisi Trampga yo‘llangan yozishmalarni saralash, shuningdek, uning jamoatchilik oldida chiqishlarini va bayonotlar tayyorlashni tashkil etish vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

Bundan tashqari, tashkilot targ‘ibot va jamoatchilik faolligi orqali AQSh manfaatlari yo‘lida Tramp ma’muriyatining kun tartibini ilgari suradi.

24 yanvar kuni sobiq prezidentning saylovoldi kampaniyasi bo‘yicha maslahatchisi Jeyson Miller Tramp yangi siyosiy partiya yaratish rejalaridan voz kechganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!