Tramp: "Bunga Bayden sababchi"

Tramp: "Bunga Bayden sababchi"

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining siyosati tufayli Qo‘shma Shtatlar Xitoyning qo‘g‘irchog‘iga aylandi.

Bu fikrni Oq uyning sobiq egasi Donald Tramp o‘zining sobiq yordamchisi o‘rinbosari Sebastyan Gorkaga bergan intervyusida bildirdi.

“Rossiya va boshqa barcha davlatlar Qo‘shma Shtatlar bilan xohlaganini qila oladi. Xitoy, biz Xitoyning qo‘g‘irchog‘imiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Shu bilan birga, Tramp Baydenni AQSh tarixidagi “eng yomon prezident” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!