Tramp arab davlatlariga Isroilga yoqmaydigan va’da berdi

A A A
Tramp arab davlatlariga Isroilga yoqmaydigan va’da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Iordan daryocining G‘arbiy Sohili Isroilga qo‘shib olinishiga qarshi ekanini bildirdi. Siyosatchi “The Time” jurnaliga bergan intervyusida Isroil tomonidan G‘arbiy Sohil anneksiya qilinishi mumkin emasligi, chunki bu borada arab davlatlari yetakchilariga so‘z berganini ta’kidlagan.

“Bunday bo‘lmaydi, chunki men arab mamlakatlariga va’da berdim. Hozir bunday qilish mumkin emas. Arablar bizga katta ko‘mak berishdi. Bu ro‘y bermaydi. Agar ro‘y bersa, Isroil Qo‘shma Shtatlar tomonidan barcha ko‘makdan mahrum etiladi”, – degan AQSh rahbari.

Tramp ushbu bayonotni joriy yil 15 oktyabr kuni bergan, ammo intervyuning jurnalda chop etilishi Isroil parlamentida (Knesset) G‘arbiy Sohilga oid qonun loyihasi qabul qilinish sanasiga to‘g‘ri keldi.

22 oktyabr kuni Knesset G‘arbiy Sohildagi manzilgohlarga Isroil suverenitetini tatbiq etish, ya’ni hududni rasman qo‘shib olishga doir qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Hujjat loyihasi uzil-kesil qabul qilinishi uchun yana uchta ovoz berish jarayonlaridan o‘tishi kerak.

So‘nggi kunlarda Isroilda mehmon bo‘lgan AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ham ushbu hujjatni tanqid qildi.

“Menga buni (qonun loyihasi qabul qilinishi nazarda tutilmoqda – tahr.) siyosiy tryuk, ramziy qadam deb tushuntirishdi. Ammo bu ahmoqona siyosiy tryuk bo‘lganini aytishim kerak. Shaxsan men buni haqorat deb qabul qildim”, – degan Vens Isroilni tark etish arafasi Ben-Gurion aeroportida qilgan chiqishida.

Davlat kotibi Marko Rubio ham G‘arbiy Sohilning anneksiya qilinishi Trampning G‘azo sektorida urushni to‘xtatish rejasini xavf ostida qoldirishidan ogohlantirgan.

Ma’lumot o‘rnida: Isroil parlamenti joriy yil iyul oyida ham Iordan daryosining G‘arbiy Sohili “yahudiy xalqi tarixiy vatanining ajralmas qismi” ekani iddao qilgan holda, hududni qo‘shib olish haqida hujjat qabul qilgan edi. Bu harakat xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralangan.

Isroil 1967 yilda bosib olingan G‘arbiy Sohilda ko‘p yillardan buyon noqonuniy yahudiy uylarini qurib keladi. Hozirga qadar bu yerda 160 ta yahudiy manzilgohi qurilgan va 700 ming nafar yahudiy aholisi joylashtirilgan.

Tel-Aviv hukumati xalqaro hamjamiyat e’tiroziga qaramay, G‘arbiy Sohilda noqonuniy manzilgohlarni ko‘paytirishga harakat qilmoqda.

Isroildagi Peace Now inson huquqlar tashkiloti Binyamin Netanyahu hukumatining noqonuniy turarjoylar qurish harakatini qoralar ekan, bu orqali G‘arbiy Sohilni butunlay ishg‘ol etish ko‘zlanganidan ogohlantirgan.

Netanyahuning o‘zi ham bir necha yildan buyon anneksiya rejasini ochiq muhokama qilib keladi.

BMT ko‘p yillardan buyon Tel-Avivning okkupasiya siyosatini qoralab keladi. Xususan, BMT Xavfsizlik kengashining 2016 yil 23 dekabr kuni qabul qilingan rezolyusiyasida Isroildan ishg‘ol ostidagi Falastin yerlarida g‘ayriqonuniy turarjoylar qurishni butkul to‘xtatish talab qilingan.

Kuni kecha jahonning turli davlatlarida yashovchi 460 ga yaqin yahudiy namoyandalari – ilm-fan, madaniyat va siyosat arboblari tomonidan tarqatilgan bayonotda ham Isroildan ishg‘ol ostidagi Falastin yerlarida (G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddus) aparteid va genosid siyosatini to‘xatish talab qilingan edi.

Tahlilchilarga ko‘ra, Trampning G‘arbiy Sohil bo‘yicha bayonoti uning aksilisroil pozisiyasiga o‘tganini anglatmaydi. Tramp Isroilni shartlarsiz qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. U birinchi prezidentlik davrida, 2017 yilning dekabrida Quddus shahrini yaxlit holda Isroil poytaxti deb tan olgan edi. Holbuki, BMT hujjatlariga ko‘ra, Sharqiy Quddus Falastin davlatining poytaxti bo‘lishi belgilangan. Quddusning Tramp tomonidan yaxlit poytaxt deb tan olinishi Vashingtonning asosiy ittifoqchilari – Yevropa davlatlari tomonidan ham qoralangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.