Toshkentdagi avtosalon direktori qo‘lga olindi

Toshkentdagi avtosalon direktori qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxsni qo‘lga olish boyicha operasiya o‘tkazdi.

Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotga ko‘ra, poytaxtlik ikki shaxs “Nexia-3” rusumli avtomobilni 3 ming AQSh dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli Abror.G (ism o‘zgartirilgan), hamda uning sherigi – “Uzavtotexxizmat” MCHJ avtosalonlaridan birining direktori Muhammadali.U (ism o‘zgartirilgan) qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168 modda 2-qismi («firibgarlik») va 211 modda 2-qismi («pora berish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!