Toshkentda “Zakovat-Gambit” finali o‘tkazilmoqda

Toshkentda “Zakovat-Gambit” finali o‘tkazilmoqda

Poytaxtimizda sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mdan iborat III “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyatini oshirishda muhim musobaqa bo‘lgan mazkur turnir bu yil uchinchi bor o‘tkazilmoqda.

Turnir finalida 4 ming nafardan ortiq ishtirokchilar orasidan eng kuchlilar bellashmoqda. Bu yil ham jahonning eng mashhur shaxmat ustalari “Zakovat-Gambit” shaxmat turniriga mehmon sifatida taklif etilganligi ayni mudao bo‘ldi.

Kecha 14-jahon chempioni, shaxmat olimpiadasining uch karra g‘olibi Vladimir Kramnik, ayollar o‘rtasida to‘rt karra jahon chempioni bo‘lgan xitoylik Xou Ifan turnir ishtiokchilari uchun master-klass va hayajonli shaxmat seanslarini o‘tkazishdi.

Bugun, 19 noyabr kuni “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!