Toshkentda samarqandlik boshqa bir samarqandlikning mashinasini o‘g‘irladi

Toshkentda samarqandlik boshqa bir samarqandlikning mashinasini o‘g‘irladi

20-aprel kuni soat 19.30 da Chilonzor tumanidagi Olmazor metro bekati yonida 22 yoshli samarqandlik Rahmon O. spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘la turib yo‘lovchi sifatida 42 yoshli samarqandlik Yashin J.ning Lasetti rusumli avtomobiliga mingan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Rahmon O. mashinaning kaliti haydovchi tomonidan o‘t oldirgichda qoldirilganligidan foydalanib, haydovchining o‘rindig‘iga o‘tirib mashinani noma’lum yo‘nalishda olib qochgan. Tez orada u IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi ( Transport vositasini olib qochish ) asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!