Toshkentda karantin davrida qancha kafe va do‘konlar yopilgan?

Toshkentda karantin davrida qancha kafe va do‘konlar yopilgan?

Toshkentda aprel oyi boshidan buyon iyun o‘rtalariga qadar 66 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do‘koni, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopildi. Bu haqda 2GIS geoservisi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

«2GIS ma’lumotnomasidan o‘chirib tashlangan nuqtalar yopilgan hisoblanadi. Yopish to‘g‘risidagi arizani kompaniyaning o‘zi shaxsiy kabinet orqali berishi mumkin. Bundan tashqari, 2GIS foydalanuvchilardan yopilgan nuqta to‘g‘risida ma’lumot olishi yoki Call-markazlar bilan bog‘langan holda tashkilot yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin. Olingan ma’lumotlar bunday holatdan so‘ng tekshiriladi», — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Toshkentda karantin rejimi vaqtida jami kafe va restoranlarning 3 foizi yopilgan, shuningdek, erkaklar va ayollar uchun mo‘ljallangan kiyim-kechak hamda oyoq kiyim do‘konlarining mos ravishda 1,3 va 1 foizi yopilgan.

Bundan tashqari, ushbu vaqt mobaynida 9 ta til maktabi va kompyuter kursi, 9 ta kosmetika va parfyumeriya do‘koni, shuningdek, 4 ta stomatologiya markazi, 2 ta turistik agentligi, 2 ta ko‘chmas mulk agentligi, 7 ta bolalar oyoq kiyimi do‘koni, 35 ta dorixona filiali yopilgan.

Shu bilan birga, karantin davrida 2GIS ma’lumotnomasida 20 ga yaqin kafe va do‘konlar paydo bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bularning barchasi yangi muassasalar bo‘lmasdan, ayrimlari mutaxassislar tomonidan shaharni aylanish vaqtida topilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining 15 iyundagi qarori bilan «sariq» va «yashil» hududlarda umumiy ovqatlanish muassasalarining faoliyatiga ruxsat berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!