Toshkentda "Jihodchilar"ning 10 a’zosi qo‘lga olindi

Toshkentda "Jihodchilar"ning 10 a’zosi qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashirin faoliyat olib borayotgan “jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ular 16 avgust kuni DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB o‘tkazgan tezkor tadbirda ushlangan.

Surishtiruv davomida ushbu shaxslar "jihod" maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirganliklari aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!