Toshkentda fuqarolardan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi

Toshkentda fuqarolardan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi

Poytaxtda 2021 yilning boshidan buyon fuqarolarda sovuq qurol va boshqa buyumlar topilishi bilan bog‘liq 655 ta fakt aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tekshiruvlar davomida 567 ta pichoq, 3 ta bolta, 11 ta kastet, 34 ta bita va boshqa buyumlar topilgan.

Fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-2 (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) moddasi bo‘yicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, o‘quv dargohlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida o‘quvchilardan 25 ta pichoq, 7 ta kastet va boshqa xavfli buyumlar topilgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!