Toshkentda ayrim avtobuslarning harakati vaqtinchalik cheklandi

Toshkentda ayrim avtobuslarning harakati vaqtinchalik cheklandi

Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishini navbatdagi bosqichini qurish ishlari doirasida THAY bo‘ylab “Qo‘yliq 1-mavzesi” so‘nggi bekati tomonga kirish yo‘li qismida qurilish-montaj ishlarini olib borilishi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati e’lon berdi.

Shu munosabat bilan, 2022 yil 23 noyabrdan boshlab, mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 15-,119- va 185-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga quyidagicha o‘zgartirish kiritilgan:

  • 15-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi - Do‘stlik metrosi” avtobus yo‘nalishining harakati “Qo‘yliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li, Qo‘yliq Ota, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda;
  • 119-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi – Yunusobod dehqon bozori” avtobus yo‘nalishining harakati THAY bo‘ylab “Qo‘yliq-4 mavzesi” bekatigacha uzaytirilgan holda;
  • 185-sonli “Qo‘yliq 1-mavzesi – Barkamol mahallasi” avtobus yo‘nalishining harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Qo‘yliq-1 mavzesi” bekatidan Munis, Farg‘ona yo‘li, Qo‘yliq Ota, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, qaytish yo‘nalishida Bektemir ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li, Munis ko‘chalari orqali “Qo‘yliq-1 mavzesi” bekatigacha tashkil etilganligi ma’lum qilindi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!