Toshkentda 7 yashar qiz qarindoshi tomonidan urib o‘ldirildi

Toshkentda 7 yashar qiz qarindoshi tomonidan urib o‘ldirildi

⚡️Bekobod tumani Zafar shaharchasida yashovchi er-xotin Rossiyaga ishlagani ketib, ikkita qizini Bo‘ka tumani Cho‘labod qishlog‘ida yashovchi qarindoshiga ishonib topshirib ketadi.

⚠️Ota-ona Rossiyada ishlab yurganda ularning bolalari har kuni itdek kaltak yeb, qiynalib yurardi. Vasiylikka ishonib berilgan ayol shu yil 11 mart kuni qarindoshlarining kichik qizini katta yog‘och bo‘lakchasi bilan kaltaklab, urib o‘ldirib qo‘ydi.

➕Avvaliga urib, badanlarini ko‘kartirib qonatib huzurlanib bo‘lgach, ingrab yotgan 7 yashar qizchani joyiga olib kirib yotqizib qo‘ygan. Yarim tunda ham qizchaning ovozi bosilmaganidan keyin chiqib yana urgan. Oxiri jimib qolganidan xavotirlanib tez yordam chaqirgan. Bor-yo‘q aybi ko‘chada bolalarga qo‘shilib ozroq o‘ynagan qizaloq mana shunday tarzda qiynab o‘ldirildi!

‼️Bolaning ota-onasi janozaga ham yetib kelolmadi. Yuragi o‘pirilib tushdi bechora onasining. Vahshiy ayol qamoqda, qizcha qiynalib o‘ldi, ota-ona Rossiyadan O‘zbekistonga keyinroq yetib keldi. Biroq endi ularga bu hayot tatiydimi? Norasida bolani o‘limga yuborishgani bir umrlik armon.

📌Qizaloq joni chiqar paytida do‘xtirga qarab: "Onamga ayting, men uni yaxshi ko‘raman, singlimni tashlab Rossiyaga ketmasinlar", debdi. Bu voqea Bo‘ka va Bekobodni larzaga soldi. Odamlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan vahshiylik yoshu qarini yig‘latdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!