Toshkentda 54 yoshli erkak 11 yoshli qizchaga uyatsiz-buzuq harakatlar qilishda gumonlanib, qamoqqa olindi

Toshkentda 54 yoshli erkak 11 yoshli qizchaga uyatsiz-buzuq harakatlar qilishda gumonlanib, qamoqqa olindi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Yashnobod tumanida yashovchi 54 yoshli erkakka qo‘shnisining 11 yoshli qiziga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgani uchun qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida xabar tarqaldi.

Xabarda aytilishicha, u o‘zi istiqomat qilib kelayotgan uyning kirish yo‘lagida voyaga yetmagan 2012 yilda tug‘ilgan qizning qarovsiz yurganligini ko‘rgan va uning ikkala yelka qismidan qo‘llari bilan ushlab, yuz va lablaridan o‘pib, orqa qismidan ushlagan holda unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, erkak haqiqatda gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur moddada 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!