Toshkentd “Hyundai“ avtomobili yonib ketdi (VIDEO)

Toshkentd “Hyundai“ avtomobili yonib ketdi (VIDEO)

Bugun, 5 avgust kuni soat 16:10 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumani ko‘chalarining birida harakatlanib ketayotgan “Xunday-Sonata” rusumli avtomobilning motor qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 16:21da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!