Toshkent viloyatida to‘qqizta yangi loyiha qurilishiga start berildi

A A A
Toshkent viloyatida to‘qqizta yangi loyiha qurilishiga start berildi

Yangiyo‘l tumanida 14 oktyabr kuni Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati mamlakatimiz iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega. Bu hudud va azim poytaxtimiz salohiyati o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib keladi.

So‘nggi besh yilda Toshkent viloyatida sanoat hajmi 1,5 barobarga ko‘payib, 107 trillion so‘mni tashkil etgan, mahalliy eksport hajmi 3,5 karra oshib, qariyb 1 milliard dollarga yetgan.

Qulay ishbilarmonlik va investisiya muhiti sarmoyalar hajmini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilmoqda. 2018 yilda viloyatda jami bo‘lib 20 million dollar investisiya o‘zlashtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu raqam 1 milliard dollarga yetgan. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ham yil sayin ortib, hozirda 1 ming 700 tani tashkil etmoqda.

Bugungi kunda 20 milliard 360 million dollarlik 91 ta xorijiy, 4 yarim milliard dollarlik 28 ta mahalliy investisiya loyihalari bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev marosim doirasidagi loyihalarning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, Olmaliq shahrida 1 milliard dollar investisiya hisobidan 227 gektar maydonda “Buyuk ipak yo‘li” maxsus sanoat texnoparki quriladi. U yerda elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmasevtika kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin korxona joylashtiriladi. 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 300 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bo‘ladi.

Yuqori Chirchiq tumanida 350 million dollar evaziga 69 gektar maydonda to‘qimachilik sanoat parki tashkil etiladi. Bu majmuada 20 dan ortiq ip-kalava, mato to‘qish va bo‘yash, tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari joylashtiriladi.

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish izchil ko‘payib bormoqda. 2030 yilgacha oziq-ovqat ishlab chiqarishni 2 barobar, eksportini 5 barobar va qo‘shilgan qiymat darajasini 3 marta oshirish maqsad qilingan. Bunga erishishda, hech shubhasiz, Toshkent viloyatining hissasi katta.

Jumladan, Yangiyo‘l tumanida yiliga 50 ming tonna mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar, Qibrayda yuqori sifatli eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash korxonalari ishga tushirilmoqda.

Toshkent viloyati energetika sohasida ham katta salohiyatga ega bo‘lib, bu yerda 5,7 gigavattli quvvatlar mavjud. Bu miqdorni oshirish maqsadida 1,5 milliard dollarlik 800 megavattdan ortiq 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Yashil energetikani rivojlantirish bilan birga, yurtimizda energetika tizimi barqarorligini saqlash bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilinmoqda. Shuning uchun 2030 yilgacha umumiy quvvati 4 ming 100 megavattli elektr energiyasini saqlash tizimlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida barpo etiladigan 3 ta loyiha bunda muhim o‘rin tutadi. Avvalo, “Chayna Datang” kompaniyasi bilan Bo‘ka tumanida qiymati 240 million dollarlik quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi. Bu stansiyada yiliga 576 million kilovatt soat yoki 240 ming xonadon uchun yetarli elektr energiyasi olinadi. Natijada viloyatda generasiya quvvatlari 6,5 gigavattga, elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga 24 milliard kilovatt soatga yetkaziladi.

Yana ikkita loyiha – “China Energy Overseas Investment” kompaniyasi bilan hamkorlikda Parkent va Piskent tumanlarida quriladigan 220 million dollarlik, 200 megavattli energiya saqlash tizimlaridir. Ular kunning tig‘iz paytlarida uzilishga yo‘l qo‘ymaslik va iste’molchilarni elektr bilan ishonchli ta’minlash imkonini beradi.

So‘nggi yillarda yurtimizda 630 million dollar investisiya hisobidan 400 megavattdan ortiq yangi gidroelektr stansiyalari barpo etilib, ularning quvvati 2,2 gigavattga yetkazildi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki yurtimizda 3 ming 280 megavatt quvvatga ega bo‘lgan 44 ta GES qurish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, Toshkent viloyatida gidroenergetika bo‘yicha juda katta salohiyat bor.

Toshkent viloyatida to‘qqizta yangi loyiha qurilishiga start berildi

Hozirda viloyatda umumiy quvvati 1 ming 330 megavatt bo‘lgan 25 ta gidro elektr stansiyasi mavjud. Bu respublikamizdagi jami gidroenergetika quvvatining 60 foiziga tengdir.

Bugungi kunda qiymati 880 million dollar va quvvati 340 megavatt bo‘lgan yana 4 ta GES qurilmoqda. Shuningdek, 2028 yilgacha viloyatda umumiy quvvati qariyb 2 ming 400 megavatt bo‘lgan, 4 milliard 800 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshiriladi.

Marosimda shundan ikkitasi – Ohangaron tumanida barpo etilgan 2,5 megavattli kichik GES hamda Bo‘stonliq tumanida qurilgan 1,5 megavattli Ugam kichik GESi ishga tushirilmoqda. Mazkur quvvatlar yiliga 18 million 400 ming kilovatt soat “yashil” energiya ishlab chiqaradi va 7 ming 600 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Shavkat Mirziyoyev yurtimizga investisiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarga minnatdorlik bildirib, ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Toshkent viloyatida to‘qqizta yangi loyiha qurilishiga start berildi

Ramziy tugma bosilib, mazkur 9 ta loyihaning qurilishi va faoliyatiga start berildi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

“Real” zo‘r futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Франциялик машҳур ҳимоячи Иброҳим Конате “Реал”нинг охирги йиллардаги президенти Флорентино Перес ўз лавозимини сақлаб қолган тақдирда “Қироллик клуби” футболчисига айланади.

Hojiakbar Alijonov safdan chiqdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Ҳожиакбар Алижонов машғулотлар жараёнида жароҳат олди.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

Rossiya Putinning urushdagi "yangi sifat" haqidagi so‘zlaridan keyin Ukraina shaharlariga zarba berdi

Киев ракеталар ва дронлар ҳужумига учраши оқибатида турар жой бинолари ва поликлиника шикастланди.

Rossiya harbiylari va targ‘ibotchilari ukrainalik raketa ishlab chiquvchilarni nishonga oldi

Ушбу компания раҳбариятининг баёнотларига кўра, улар ракеталар ишлаб чиқиш билан шуғулланади. Киев россияликларнинг бу баёнотига изоҳ бермади

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.