Toshkent viloyatida tomorqasida 208 tup “ko‘knori” yetishtirayotganlar aniqlandi

Toshkent viloyatida tomorqasida 208 tup “ko‘knori” yetishtirayotganlar aniqlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor tuzulmalari tomonidan hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani xonadonlarning birida belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Ko‘zdan kechirish natijasida, xonadon tomorqasida 208 tupda 550 dona boshoq “ko‘knori” o‘simligi va yashash xonadonidan taxminan vazni 50 gr. bo‘lgan ko‘knori o‘simligi urug‘lari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!