Toshkent viloyatida 10 mlrd so‘mlik qalbaki kosmetika vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida 10 mlrd so‘mlik qalbaki kosmetika vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida 20 dan ziyod turli xorijiy brendlar nomi ostida sifatsiz hamda qalbaki kosmetika va parfyumeriya vositalarining yashirin sexi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati bosh inspektori “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yashirin sexdan 280 ming qutidan ziyod kosmetika vositalari vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 10 milliard so‘mdan oshmoqda.

Shuningdek, Bojxona qo‘mitasining Targetlash va xavflarni boshqarish boshqarmasi, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari va “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kontrafakt mahsulotlar to‘xtatib qolingan.

Bojxona ko‘rigi davomida yuk avtotransport vositasiga hujjatlarda qayd etilganidek, kiyim ilgich, turli ehtiyot qismlar, xo‘jalik mollari kabi 13 turdagi tovarlar emas, aksincha, hujjatlarda umuman ko‘rsatilmagan 21 turdagi tovarlar borligi aniqlangan. Tekshiruv davomida tovarlar orasida yuz uchun krem, losyon, yuz niqobi, ifor taratuvchi suyuqliklar, surma kabi kosmetik vositalarning idish va qutilari, ularni ishlab chiqarish va qadoqlashda foydalaniladigan turli xom ashyo, yorliq va himoya qatlamlari borligi ma’lum bo‘lgan. Ularning umumiy qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 milliard so‘mdan oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!