Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov vafot etdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu o‘lim holatini tasdiqlab, ta’ziya bildirgan.

«Ajoyib inson, kamtar va bilimli rahbar Bahodirbek Mullaxonov mehnat faoliyati davomida xalq xo‘jaligining turli sohalarida sidqidildan mehnat qilgan. Xususan, yurtimizda bank-moliya sohasining rivojlanishida uning munosib xizmatlari borligini soha xodimlari yaxshi bilar va chuqur qadrlar edi. 

U Toshkent viloyati hokimligida ishlagan nisbatan qisqa muddatda ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga boshchilik qilgan, hamkasblari o‘rtasida ardoqli ustoz va do‘st sifatida katta hurmat qozongan edi. 

Bahodirbek Mullaxonovning oila a’zolari, yaqinlari va safdoshlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. Hamkasbimiz va do‘stimiz ajoyib inson Bahodirbek Mullaxonovning yorqin xotirasi qalbimizda bir umr saqlanib qoladi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Bahodir Mullaxonov 2015 yildan «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlagan, 2020 yilning fevralida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!