Toshkent viloyati byudjetiga 11 oy davomida 5 trln 382 mlrd so‘m tushum qilindi

Toshkent viloyati byudjetiga 11 oy davomida 5 trln 382 mlrd so‘m tushum qilindi

Toshkent viloyati byudjetiga joriy yilning 11 oy davomida 5 trln. 382 mlrd.so‘m tushum qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tadbirida aytib o‘tildi.

Bunda soliq solish bazasini kengaytirish, yangi loyihalarni ishga tushurish, faoliyatini to‘xtatgan korxonalarga ko‘maklashish natijasida o‘z faoliyatini qayta tiklash va soliq qarzlarini soliq idoralari tomonidan sudgacha bo‘lgan jarayonda undirib olinishi bo‘yicha olib borilgan ishlar muhim omil bo‘ldi. Pirovardida, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 trln. 848 mlrd. so‘mga ko‘paydi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!