Toshkent teleminorasidagi bayroq yangilandi

Toshkent teleminorasidagi bayroq yangilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasiga o‘rnatilgan O‘zbekiston davlat bayrog‘ini almashtirish jarayoni aks etgan video tarqaldi.

Videoda ikki xodimning teleminora uchida ishlayotganini tasvirlangan.

Avvalroq, Toshkentda 23 may kuni teleminorani chaqmoq urgani va uning uchidagi bayroq yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Holat bo‘yicha “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” minorani chaqmoq urmagani, balki “qizil chiroq shu’lasi bayroqqa tushgani”ni ma’lum qilgan edi.

FVV esa teleminorani chaqmoq urganini tasdiqlab, inshoot bunday holatlarga qarshi himoyaga ega ekanini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!