Toshkent shahri havosida ifloslanish kamaydimi?

Toshkent shahri havosida ifloslanish kamaydimi?

Meteorolog E.Abdulahatov o‘tgan va joriy yildagi Toshkent viloyati uning atrofidagi yashillik bilan bog‘liq farqni ko‘rsatuvchi NASA sun’iy yo‘ldoshlari tasvirlarini namoyish qildi.

Toshkent shahri havosida ifloslanish kamaydimi?

Mutuxassisga ko‘ra, joriy yil 12 martdan so‘ng Toshkent viloyati atrofida juda ham ko‘p yog‘in ortidan birdaniga yaylovlar yashillikka tez burkangan. Hatto, so‘ngi paytlar poytaxt g‘arbidagi qo‘shni Qozog‘iston yerlari ham tabiat tomonidan yaxshigina yashil rangga kirgan.

Toshkent va qo‘shni Qozog‘istondagi Turkiston viloyatlaridagi (sug‘oriladigan maydonlaridan tashqari) yashil hududlar 10 kundirki, poytaxt havosi tarkibida iflos moddalar to‘planishiga olib kelmayapti.

Uning ta’kidlanishicha, hududlardan ko‘tarilmayotgan chang zarrachalari mahalliy shamollar sabab poytaxtda to‘planmayapti. O‘zgidromet stasionar postlari ham sutka davomida shahar havosi toza ekanini ko‘rsatyapti. Shahar ko‘chalarida o‘sha transport haraktlanyapti va o‘sha zavod fabrikalar ishlab turibdi.

"Men shahar havosini ifloslantiruvchi asosiy omil tabiiy holatdagi ifloslanishmi yoki antropogen ifloslanish omilimi, shu haqida gapiryapman. Albatta, antropogen ifloslanish inson salomatligiga xavfli va uning oz bo‘lsada ulushi ham yetarli muammolarni keltiradi. Ammo, biz avval aniqlashtirib olishimiz lozim: "Poytaxt havosi nimani hisobiga ifloslanmoqda?". Va pirovardida kelgusi qadamlar ham shu asnoda tashlanishi kerak", deydi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!