Toshbaqa shaklidagi ulkan yaxta haqida nimalarni bilasiz?

Toshbaqa shaklidagi ulkan yaxta haqida nimalarni bilasiz?

Arablar o‘zining innovasion texnologiya-yu inshootlari bilan dunyo hamjamiyatini lol qoldirishda davom etmoqda.

Ularning navbatdagi innovasiyasi shahar yoki bino emas, balki toshbaqa shaklidagi ulkan yaxta — Pangeosdir.

Hali loyiha holatida bo‘lgan ushbu suzuvchi shaharning 550 metr uzunlik va 650 metr kenglikda bo‘lishi rejalashtirilgan.

Uning nomi millionlarcha yil oldin mavjud bo‘lgan superqit’a — Pangeyadan olingan. Italiyalik dizayner Pyerpaolo Lassarini dengiz transportining 60 ming kishini sig‘dira olishini ta’kidlamoqda.

Ichida mehmonxonalar, savdo markazlari, parklar, kemalar va aeroportlar bo‘lishi kutilayotgan bu ulkan inshootning Saudiya Arabistonida qurilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun 8 milliard dollar talab etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!