Toqayev qozog‘istonliklarning pensiya jamg‘armalarini xorijiy investorlarga o‘tkazishni taklif qildi

Toqayev qozog‘istonliklarning pensiya jamg‘armalarini xorijiy investorlarga o‘tkazishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart xorijiy kompaniyalarga respublika fuqarolarining pensiya aktivlaridan foydalanish imkoniyatini berishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Akorda matbuot xizmati.

Toqayevning ta’kidlashicha, rivojlangan fond bozorining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu likvidlik bo‘lib, bu birinchi navbatda institusional investorlar tomonidan ta’minlanadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endilikda fuqarolar o‘z pensiya jamg‘armalarining 50 foizini xususiy investisiya boshqaruvchilariga o‘tkazish jarayoni boshlangan. Shu munosabat bilan Toqayev «xorijiy sarmoyalarni boshqaruvchi kompaniyalar uchun AIFCda pensiya aktivlari va moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!