Tonirovka, telefondan foydalanish, kartej bo‘lib harakatlanish – haydovchilar jazolandi

Tonirovka, telefondan foydalanish, kartej bo‘lib harakatlanish – haydovchilar jazolandi

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha 3 251 ta huquqbuzarlik aniqlandi.

Eng ko‘p huquqbuzarliklar – haydovchilar xavfsizlik remenidan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik - 1075 ta holat aniqlandi. Transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarish – 115 nafar haydovchi aniqlandi. Ulardan 33 yoshli Dilshod R. (“Mersedes-Bens”, davlat raqami 01 Z 359 XA) - unda majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan, 20 yoshli Saloxiddin T. (“Neksiya-3”, davlat raqami 30 W 021 OA), 32 yoshli Aziz D. (“Spark”, davlat raqami 01 R 793 MA) - ularda haydovchilik guvohnomasi va taloni bo‘lmagan.

Shu sakkiz kun davomida transport vositalarini mast holda boshqargan 46 nafar haydovchi aniqlandi. Ulardan 37 yoshli Doniyor X. (“Epika” davlat raqami 01 N 713 AV), 42 yoshli Igor S. (“Lasetti” davlat raqami 01 778 TTE).

Shu bilan birga, YPX inspektorlari tomonidan transport vositasini boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish - 51 ta holat, svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tish – 58 ta holat hamda tegishli ruxsatnomasiz mashina oynalarini tonirovka qilish – 17 ta holat aniqlandi. 

Bundan tashqari, 8 nafar haydovchi YPX inspektorlar to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmadi. Ular ichida 21 yoshli Javoxir A. (“Neksiya-3” davlat raqami 01 YE 171 VV).

Shuningdek, 6 nafar haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 129-moddasi “Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi” huquqbuzarligi bo‘yicha ma’muriy choralar ko‘rildi. Ulardan 27 yoshli Farxod X. “Range Rover” (davlat raqami 01 Ch 722 WA), 38 yoshli  Miraziz E.  (“Range Rover”, davlat raqami 01 S 421 SV), 26 yoshli Shaxzodbek A. (“Mersedes-Bens”, davlat raqami 01 W 441 AV), 38 yoshli  Yusufjon A. (“Mersedes-Bens”, davlat raqami 01 YE 046 SV).

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!