Toni Fergyuson faoliyatini yakunlashi mumkin
Amerikalik UFC faxriy jangchisi Toni Fergyuson Abu-Dabi shahrida (BAA) bo‘lib o‘tayotgan UFC Fight Night turniri doirasida jang qildi.
U hamyurti Maykl Kyesaga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
Jang ilk raunddayoq yakunlandi va unda Kyesa bo‘g‘ish usuli orqali muddatidan oldin zafar quchdi.
Bu Toni uchun UFC'dagi ketma-ket sakkizinchi mag‘lubiyatga aylandi. Jangdan so‘ng Fergyuson oilasi bilan faoliyatini yakunlashi haqida maslahatlashishini aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)