Tomoshabinlar orasidagi 90-yillarning eng mashhur filmi ma’lum bo‘ldi

Tomoshabinlar orasidagi 90-yillarning eng mashhur filmi ma’lum bo‘ldi

Amerikaning “Frontier Communications” telekommunikasion kompaniyasi yuzlab mamlakatlarning qidiruv tizimlari foydalanuvchilarining so‘rovlarini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, 22 mamlakatda, shu jumladan, Turkiya, Isroil, Litva, Armaniston, Tailandda ko‘p marotaba qidirilgan 1992 yilda suratga olingan “Forrest Gamp” kartinasi yetakchiga aylandi.

Shu asosda reyting mualliflari ushbu filmni 90-yillarining eng ommabop filmi deya e’lon qilishdi.

Ikkinchi o‘rinni 20 ta mamlakatda eng ko‘p tomosha qilingan “Uyda yolg‘iz” (1990) filmi zabt etdi.

Faxrli uchinchi o‘rin esa 16 mamlakatda faol qidiruvda bo‘lgan  “Yura davri bog‘i” (1993) kartinasiga nasib etdi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!