«Tolibon»ning G‘aznaga hujumi oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

«Tolibon»ning G‘aznaga hujumi oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘oniston sharqidagi G‘azni viloyatida xavfsizlik kuchlari va «Tolibon» harakati jangarilari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi, deya xabar bermoqda «Kommersant’».

Mahalliy 1TV telekanalining Twitter’dagi sahifasi tarqatgan axborotga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida 90 nafar afg‘on harbiysi va 13 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

«RIA Novosti» axborotiga ko‘ra, «Tolibon»ning shaharga hujumidan so‘ng jangarilarning shahardagi marralariga ikkita zarba berilgan, oqibatda kamida 51 nafar terrorchi yo‘q qilingan.

«Tolibon» jangarilari G‘azna shahrining katta qismini egallab olgan, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari faqat gubernator majmuasi va Milliy xavfsizlik direktorati binosini nazorat qilib turibdi.

Ayni vaqtda, Afg‘oniston armiyasi shtab boshlig‘i Muhammad Sharif Yaftaliyning so‘zlariga ko‘ra, «G‘azna hukumat nazoratida qolmoqda»; shaharga maxsus xizmatlarning ming nafar jangchisi va 400 ta zirhli mashina yuborilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!