Tokio Olimpiadasida alkogol savdosi ta’qiqlanadi

Tokio Olimpiadasida alkogol savdosi ta’qiqlanadi

Tokio Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari musobaqa o‘tkaziladigan joylarda spirtli ichimliklardan foydalanishni taqiqlashdi. The Japan Times nashri xabar berdi.

Avvalroq, tashkiliy qo‘mita spirtli ichimliklarni sotish va iste’mol qilishga ba’zi cheklovlar bilan ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqdi. Biroq, dastlabki reja jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi va o‘n minglab yozuvlar "Olimpiadani bekor qilish" xeshtegi bilan Tvitterda joylashtirildi. Shundan so‘ng infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun ushbu g‘oyadan voz kechishga qaror qilindi. Shuningdek, spirtli ichimliklarni olib kirish ham taqiqlanadi.

Bundan tashqari, COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq, tana harorati 37,5 darajadan va undan yuqori bo‘lgan tomoshabinlarning musobaqaga kirishi taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!