Tokio-2020: Olimpiya mash’ala estafetasida ilk marta vodorod gazidan foydalaniladi

Tokio-2020: Olimpiya mash’ala estafetasida ilk marta vodorod gazidan foydalaniladi

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlar tarixida birinchi marta qayta tiklanadigan energiyadan foydalaniladi.

Tokio-2020 o‘yinlari davomida yonib turadigan mash’ala manbasi sifatida vodorod gazidan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Tashkiliy qo‘mita o‘zining barqarorlik prinsiplariga asoslangan holda rasmiy olov yoqish va mash’ala estafetasida davomida qayta tiklanadigan energiyani qo‘llashni ilgari surdi. Chunki vodorod yoqilganda atmosferaga karbonat angidrid gazini chiqarmaydi.

Hozirga qadar, Tokio shahriga vodorod bilan to‘ldirilgan 500 taga yaqin yonilg‘i tashuvchi transportlar yetkazilgan. Paralimpiya o‘yinlari mash’alasi Tokio Milliy stadionida 25 avgustdan 6 sentyabrga qadar yonib turadi.

Dastlabki O‘yinlar tarixida zaytun moyidan foydalanilgan bo‘lsa, so‘nggi paytlarda uning o‘rnini butan va polipropilen yoki propan aralashmasi egallagan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!