Tojikiston Prezidenti: Biz transport va tranzit hududiga aylanishga harakat qilyapmiz

Tojikiston Prezidenti: Biz transport va tranzit hududiga aylanishga harakat qilyapmiz

Tojikiston xalqaro yuk tashishni rivojlantirishdan maksimal natija olish uchun Markaziy Osiyoda logistika tarmoqlarini integrasiyalash konsepsiyasini ishlab chiqish taklifi tarafdori. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 5-maslahat uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Tojikiston tranzit hududga aylanish va transport sohasini rivojlantirishga harakat qilmoqda.

"Markaziy Osiyo davlatlari yagona transport infratuzilmasini yaratishga intilishi kerak. Bu mintaqa davlat rahbarlari iqtisodiy yo‘nalishda barcha imkoniyatlarni ishga solishlari kerak", - deya ta’kidladi Tojikiston prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!