Tojikiston chegaradagi mojaro vaqtida qo‘lga olinganlarni Qirg‘izistonga qaytardi

Tojikiston chegaradagi mojaro vaqtida qo‘lga olinganlarni Qirg‘izistonga qaytardi

Tojikiston hukumati chegaradagi mojaro vaqtida qo‘lga olingan o‘n kishini Qirg‘izistonga qaytardi. Bu haqda Botken oblasti ma’muriyatiga tayanib «Interfaks» xabar bermoqda.

Ma’muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Botken oblasti rahbari Omurbek Suvonaliyev va So‘g‘d oblasti rahbari Rajabboy Ahmadzoda o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qaytarilgan.

Uning aytishicha, Qirg‘iziston fuqarolari chegaradagi mojaro vaqtida tojikistonlik harbiylar tomonidan qo‘lga olingan.

Shanba kuni Qirg‘iziston va Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari Qamchibek Toshiyev va Saymumin Yatimov Botken oblastidagi uchrashuv natijalariga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish va chegara yaqinida joylashgan harbiylarni olib ketish bo‘yicha protokol imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!