Tish pastasi saratonga sabab bo‘lishi mumkin?!

Tish pastasi saratonga sabab bo‘lishi mumkin?!

Bunday xulosaga AQShning Bingemton universiteti tadqiqotchilar guruhi keldi. Ular o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida tish pastasi inson organizmiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tish pastasida titan dioksidi bo‘lib, u insonda saratonni paydo qilishi mumkin. Pasta qadoqlarida u YE-171 nomi bilan ko‘rsatiladi.

Shuningdek, bu modda saqichda ham bor. Inson organizmiga tushgan titan dioksidi ichaklarning to‘laqonli ishlashiga imkon bermaydi. Bu modda ichakka immunitet uchun foydali bo‘lgan elementlarni o‘zlashtirishga xalaqit beradi.

Tish pastalari va saqichlarga titan dioksidi rang beruvchi sifatida qo‘shiladi. U inson immunitetini kuchsizlantiradi. Shu bilan birga, bu moddaning doimiy ta’siri ichakning tashqi tahdidlarga chidamliligini pasaytirish va uning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Olimlar tish pastasi yoki saqich tarkibiga nimalar kirishini diqqat bilan o‘qishni tavsiya etishmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, titan dioksidi bir qadar xavfsiz modda, biroq uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganib chiqilmagan.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!