Tinkoff 12 oktyabrdan boshlab faqat uchta mamlakatdan dollar va yevro o‘tkazmalarini qabul qiladi

Tinkoff 12 oktyabrdan boshlab faqat uchta mamlakatdan dollar va yevro o‘tkazmalarini qabul qiladi

Mijozlar dollar va yevroni faqat Armaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjon banklaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

"Tinkoff" mijozlariga 12 oktyabrdan boshlab faqat Armaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjondan dollar va yevrodagi kiruvchi “SWIFT” o‘tkazmalarini qabul qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.

"Boshqa mamlakatlardan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hisobga olinmaydi", — deyiladi xabarda.

Endilikda bankning rossiyalik mijozlariga pul o‘tkazmalarini faqat Armanistonning “Ardshinbank”, Ozarbayjon “Unibank"i va "Ozarbayjon xalqaro banki", shuningdek, O‘zbekiston “Xalq banki” orqali jo‘natish mumkin.

Joriy yil may oyida bank “SWIFT” orqali xorijga yevroda pul o‘tkazmalarini to‘xtatgandi.

Iyun oyi boshida u valyuta hisob varaqlariga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov joriy etishini va rubldan boshqa jamg‘arma hisob raqamlarini ochmasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!