"TezJet" aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Qirg‘izistonning "TezJet" aviakompaniyasi Bishkek — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi parvoz 2024 yil 3 sentyabrga belgilangan.
Bishkek — Toshkent — Bishkek yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovlari haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari McDonnell Douglas MD-80 (M83) samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"TezJet" 2013 yilda tashkil etilgan Qirg‘iziston aviakompaniyasi bo‘lib, «Manas» aeroportida (Bishkek) joylashgan va Qirg‘iziston shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)