"Tez yordam" xodimlari yordam berishni istamagan ayol uyida jon berdi

"Tez yordam" xodimlari yordam berishni istamagan ayol uyida jon berdi

Tez tibbiy yordam xodimlari Sankt-Peterburgda yashovchi ayolning iltimosini bajarishdan bosh tortishdi. Natijada bemor o‘z kvartirasida vafot etdi.

Ayol 15 aprelda o‘zini yomon his qildi va dastlab uyda yotmoqchi edi. Ertasi kuni esa sog‘lig‘i yomonlashdi va "Tez yordam" chaqirishga qaror qildi. Biroq xodimlar unga faqat koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishlarini aytishdi, deb xabar beradi "Fontanka".

Keyinroq bemor yana "Tez yordam" chaqirdi, ammo ular kasalxonalarda joy yo‘qligini aytishdi. 17 aprel kuni esa ayol ota-onasining qo‘ng‘iroqlariga javob berishni to‘xtatdi.

Ertasi kuni uning kvartirasiga kelganlar bemorning jasadini topishdi. Ekspertizaga ko‘ra, o‘lim sababi yurak yetishmovchiligi va nefrit bo‘lgan.

"Tez yordam" mashinasida marhumning xonadonidan to‘rt marta qo‘ng‘iroq bo‘lgani qayd etilgan. Ayni paytda tekshiruv ishlari olib borilyapti. Marhumaning qarindoshlari tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi sababli Tergov qo‘mitasiga murojaat qilishni rejalashtirishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!