Magistraturaga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ammo asoslangan uzrli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmagan (ariza bilan murojaat qilgan) abituriyentlar DIQQATIGA!
Respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020 yil 22 sentyabr kuni soat 10:00 da onlayn test sinovlari o‘tkaziladi.
Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020 yil 21 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini olishlari mumkin.
Ushbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22 sentyabr kuni soat 09:30 ga qadar yetib kelishlari talab etiladi.
Belgilangan muddatdan kech kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Украина президенти Владимир Зеленский Киев вақтинчалик босиб олинган ҳеч қандай ҳудудни Россиянинг бир қисми сифатида ҳуқуқий жиҳатдан тан олмаслигини маълум қилди.
AҚШ президенти Доналд Трампнинг рейтинги иккинчи президентлик муддати бошланганидан бери рекорд даражага тушиб кетди, деб хабар берди The Hill газетаси Decision Desk HQ томонидан ўтказилган сўровга асосланиб.
Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси марҳумнинг жасадини Ватанимизга юбориш бўйича зарур консуллик-ҳуқуқий ва ташкилий чораларни кўрмоқда.
Буюк Британияда гендер ўзига хослиги бўйича қизғин баҳс-мунозаралар давом этмоқда. Яқинда суд эркак туғилган, лекин ўзини аёл деб билган шахс қонуний равишда аёл деб ҳисобланиши мумкин эмаслиги ҳақида қарор чиқарди.
Тошкент вилояти Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси ва вилоят ИИББ билан ҳамкорликда навбатдаги рейд тадбири ўтказилди.