Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi I.M. ismli ayolning ichki ishlar idorasiga ishga kirmoqchiligidan xabar topgan A.I. pul undirish payiga tushadi. U ayolga ichki ishlar organiga ishga kiritishini va’da qilib, 5.000.000 so‘m miqdorida pullarini olib, yaqinda suhbat bo‘lishini aytadi. Lekin suhbatdan o‘tish uchun ham yana 1.000.000 so‘m berish kerakligini tayinlaydi.
Ayol yana ikkita tanishi shu sohaga va Milliy gvardiyaga kirmoqchi bo‘lib yurganini aytadi. A.I. buning uchun esa 2000 AQSh dollari berishini talab qiladi.
Ammo A.I. ayolning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib, pullarni olib, jim bo‘lib ketadi. Aldanganini fahmlagach, I.M. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qiladi.
IIV O‘XB Surxondaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida A.I. Termiz shahar “Xalq banki” filiali yonida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasida fuqaro I.M dan talab qilingan 2000 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
14 миллиард доллар Қозоғистоннинг 2025 йилги давлат бюджети даромад қисми қарийб учдан бирини ташкил этади. Баёнотдан сўнг интернетда катта муҳокама бошланди, бироқ видео расмий ОАВдан уч соатдан сўнг ўчириб ташланган.
Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.
Бу хабар Кремл матбуот котиби Дмитрий Песков орқали расман эълон қилинди. Унинг айтишича, “музокараларни бошқа жойда ўтказиш ҳақида гапириш мақсадсиз”.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.