“Telegram”da guruhlarga odam qo‘shib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar ayol qo‘lga olindi

“Telegram”da guruhlarga odam qo‘shib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) I.N. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 400.000 so‘m pullar noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashovchi 27 yoshli (ayol) YU.R. sodir etganligi aniqlandi.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan YU.R. “Telegram” messenjerida guruhlarga odam qo‘shib beraman deya I.N.ni ishontirib, oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida 400.000 so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, YU.R.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!