"Telegram"da global nosozlik. Messenjer O‘zbekistondan tashqari yana qaysi davlatlarda ishlamay qoldi?

"Telegram"da global nosozlik. Messenjer O‘zbekistondan tashqari yana qaysi davlatlarda ishlamay qoldi?

Telegram faoliyatida butun dunyo bo‘yicha nosozlik yuz berdi. Buni "Downdetector" servisi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, messenjerning ishlashidagi uzilishlar ayniqsa, Rossiya, Belarus va Ukrainada kuzatilgan. Shuningdek, Telegram O‘zbekiston, Qozog‘iston, Malayziya va Yevropa mamlakatlarida ham ishlamay qolgan.

Foydalanuvchilarning 76 foizi ilovaga ulanishda muammoga duch kelgan bo‘lsa, 23 foizi xabar yuborishga qiynalgan.

Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi to‘rt kun ichida messenjerda kuzatilgan ikkinchi uzilish hisoblanadi. 21 sentyabr kuni Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod foydalanuvchilari ham Telegram ishidagi uzilish haqida xabar bergan.

Telegram o‘zining "Twitter"dagi sahifasi orqali nosozlik bartaraf etilganini ma’lum qildi. «Sharqiy Yevropadagi ayrim foydalanuvchilarimiz so‘nggi 45 daqiqada ulanish borasida muammoga duch kelgan bo‘lishi mumkin. Endi hammasi joyida, noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!