Tataristonda «Bir kunlik maktab» loyihasi boshlanadi

Tataristonda «Bir kunlik maktab» loyihasi boshlanadi

Tatariston musulmonlar idorasi namoz va Islom asoslarini o‘rganish bo‘yicha intensiv kurs – “Bir kunlik maktab” loyihasi boshlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda IslamToday nashri xabar bermoqda.

Mazkur loyiha doirasidagi ilk dars 10 noyabr kuni Qozon shahridagi Galiyev masjidida bo‘lib o‘tadi. Unda 12 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan har kim qatnashishi mumkin. Darslar har shanba kuni tatar va rus tillarida o‘tkaziladi. Loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad qatnashchilarga besh darsda namoz o‘qishni va Islom asoslarini o‘rgatishdir.

Darslarda tahorat olish, namoz o‘qish, namozda o‘qiladigan suralar va duolar, Islom asoslari, Muhammad alayhissalom hayotlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!