Taniqli xonandaning uyiga o‘g‘ri tushdi

Taniqli xonandaning uyiga o‘g‘ri tushdi

 

OAVda taniqli xonanda Mahsun Qirmizigulning Istanbuldagi uyiga o‘g‘irlikka tushib, u yerdan 275 ming dollarlik buyumlarni olib chiqib ketish gumoni bilan migrantlarning ushlangani to‘g‘risida tarqatilgan xabar katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. 

Turkiyaning “NTV” telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra, jinoyat 5 noyabr kuni ma’lum bo‘ldi. O‘sha kuni Mahsun Qirmizigulning onasi – 85 yoshli Fayka Ariq polisiyaga murojaat qilib, uyga o‘g‘irlikka tushishda 41 yoshli muhojiri Miyesser M.dan gumon qilayotganini aytgan. Muhojir bir hafta avval uy xodimasi sifatida ishlab ketgan edi. 

Polisiya xodimlari Istanbulning Kyuchyukchekmedje tumanida joylashgan Miyesser yashagan uyda tintuv o‘tkazdi va 50 ming dollar naqd pul va 12 ta oltin zanjirni topdi. 

“Gumondorlar Turkiyada qonunga xilof ravishda bo‘lib turgan. Shu sababli ular Istanbuldagi Otaturk aeroportidan uchib ketishlariga ko‘zlari yetmasligini bilgach, Anqara tomon yo‘l olishgan va 20 ming dollar naqd pul hamda 300 gramm oltin bilan qo‘lga tushgan“, deydi polisiya xodimi. 

Polisiyaning xabar berishicha, eri bilan Istanbulga olib kelingan Miyesser Mahsun Qirmizgulning uyidan 275 ming dollarlik buyumlarni, jumladan 130 ming dollar va 5 ming yevro naqd pul, shuningdek 45 dona qimmatbaho zargarlik buyumlarni o‘g‘irlagan. 

“Hürriýet” gazetasining xabariga ko‘ra, so‘roq vaqtida o‘g‘irlikda gumon qilinayotgan er-xotinlar o‘zlarining yonidan chiqqan buyumlarni o‘g‘irlaganliklarini tan olgan. 

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!