Taniqli turk aktyori rafiqasini mushukka almashtirdi (FOTO)

Taniqli turk aktyori rafiqasini mushukka almashtirdi (FOTO)

Dunyoga mashhur turk aktyori Barish Arduch muxlislarni yangi yil bilan tabriklash chog‘ida rafiqasini emas, mushukni tanladi. U shu paytga qadar hal yili rafiqasi Gyupse Ozay bilan birga ko‘rinish berib, muxlislarni birga tabriklashardi. Ammo bu safar aktyor mushuk bilan birga tushgan suratini internetga joylashtirdi.

Taniqli turk aktyori rafiqasini mushukka almashtirdi (FOTO)

Arduchning bu harakati muxlislarni hayratda qoldirdi, ayniqsa, Barish va Gupse yaqinda o‘zaro munosabatlarni rasmiylashtirganini hisobga olsak. Aktyor esa intervyusida oilaviy hayot yolg‘iz turmushidan farq qilmasligini va munosabatlarni rasmiylashtirish oddiy rasmiyatchilik ekanligini ta’kidlagandi.

Aktyor nega rafiqasining o‘rniga mushukni tanlagani borasidagi savollarga javob bermadi. U hayvonlarni yaxshi ko‘rishini va uning uy hayvonlari ham oila a’zolari ekanligini ta’kidlash bilan cheklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!