Taniqli reper Kanye Uest AQSh prezidenti bo‘lmoqchi

Taniqli reper Kanye Uest AQSh prezidenti bo‘lmoqchi

AQShlik reper Kanye Uest ikkinchi bor mamlakat prezidenti bo‘lish istagini bildirdi.

U bu haqda "Tvitter"dagi sahifasida yozgan.

«Hozir biz Amerika orzusi, xudoga ishonchni yuzaga chiqarish va kelajakni qurishni boshlashimiz kerak», — deya yozgan san’atkor.

Uest 2015 yildayoq 2020 yilgi saylovlarda qatnashish orzusini bildirgandi. Ammo u ro‘yxatdan o‘tishga ulgura olmagan.

Noyabrda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp va Obama davrida vise-prezident bo‘lgan Jo Bayden kurash olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!